Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida sudya yordamchisi o‘z xonasida qo‘lga olindi

Qarshida sudya yordamchisi o‘z xonasida qo‘lga olindi

Foto: Xavfsizlik

Jinoyat ishlar bo‘yicha Qarshi tuman sudining sudya yordamchisi xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ldi. 

Xususan, u Majburiy ijro byurosining Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi bo‘limida joriy yilning may oyidan faoliyat yurita boshlagan fuqaroni go‘yoki o‘zining mansabdor tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yganligini ro‘kach qilib hamda kelgusida uni o‘ziga maqbul bo‘lgan tumandagi MIBga o‘tkazib qo‘yishini aytib, evaziga 2500 AQSh dollari talab qilgan. 

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring