Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda sifatsiz qurilish qilayotgan mas’ullar sudga tortildi

Qashqadaryoda sifatsiz qurilish qilayotgan mas’ullar sudga tortildi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi tomonidan davlat buyurtmasi asosida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binolarida sifatsiz qurilish mahsulotlaridan foydalanishning oldi olindi

Jumladan “A.G.G” (nomlari o‘zgartirilgan) korxonasida o‘tkazilgan nazorat tadbirida korxona tomonidan ishlab chiqarilgan, GOST 7473-2010 standart talablariga javob bermaydigan beton qorishma mahsulotini qurilish ob’yektiga yetkazib berganligi aniqlandi. 

Mutaxassislar tomonidan qurilish maydoniga yetkazib berilgan mahsulot laboratoriya tahlilidan o‘tkazilganda mahsulot mustahkamligi, qulay joylashuvchanlik va konus cho‘kishi kabi qo‘pol qoidabuzarlik holatlarni sodir etilganligi malum bo‘ldi. 

Aniqlangan xolat yuzasidan qurilish maydonida sifatsiz mahsulotlardan foydalanishning oldi olinib, masullarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar sudga yuborildi. 

Shuningdek, nazorat tadbirida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar mahsulot ishlab chiqarishga ta’qiq o‘rnatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring