Qator hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Joriy yil 4-8 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli, respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan, dengiz sathidan 2000 m balandlikda qor ko‘chish hodisalari kuzatilishi mumkin.
O‘zgidromet bergan ma’lumotga ko‘ra:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari)da;
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi bor.
Shuningdek, tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter