Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston ayollar assotsiatsiyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Qirg‘iziston ayollar assotsiatsiyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

2018 yilning 16 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi xotin-qizlar xavfsizligi, huquq va tartibot sohasida ayollar assotsiatsiyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ushbu tashkilot O‘zbekistonning bir qancha vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Delegatsiya a’zolarini O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari kutib oldilar. Delegatsiya a’zolari kunning birinchi yarmida Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrifi kuzatildi. Ular avvalo «Abul Qosim» madrasasiga, O‘zbek xalq amaliy san’ati namunalari ko‘rgazmasiga, shuningdek, «Sharq liboslari» dizayn markazining milliy liboslar namoyishiga tashrif buyurdilar.

Kunning ikkinchi yarmi va so‘ngida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Qirg‘iziston xotin-qizlar xavfsizligi, huquq va tartibot sohasida ayollar assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan maqsad qo‘mita va assotsiatsiya faoliyatining muhim jihatlari, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha fikr va tajribalar almashishdan iborat edi.

17-19 iyul kunlari delegatsiya a’zolarining Toshkent Davlat Milliy Universiteti rektori bilan, qolaversa O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Mudofaa vazirligi xodimlari bilan uchrashuvlari belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring