Qishloq xo‘jaligida QQSni hisoblashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi

2026-2027 yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib belgilandi.
Joriy yil 4-sentyabr kuni imzolangan PF–153-son Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan:
- qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun QQSning «nol» stavkasi joriy qilinadi;
- qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 3 kunda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan ishlab chiqilgan tovarlarni aynan 1 ta yetkazib berish zanjiri bo‘yicha QQS summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi joriy qilinadi.
Bunda yuqori xavf darajasiga ega elektron hisobvaraq-fakturalarning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami elektron hisobvaraq-fakturalar sonining 10 foizidan oshmasligi nazarda tutildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter