Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashil to‘lqin»: Toshkent ko‘chalaridan birida qizil chiroqda deyarli to‘xtamasdan harakatlanish mumkin bo‘ldi

«Yashil to‘lqin»: Toshkent ko‘chalaridan birida qizil chiroqda deyarli to‘xtamasdan harakatlanish mumkin bo‘ldi

Foto: Magnific

Toshkent shahridagi Buyuk ipak yo‘li ko‘chasining «To‘ra Buva» masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan qismida «Yashil to‘lqin» tizimi joriy etildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mutaxassislar mazkur yo‘nalishdagi 13 ta chorrahada svetoforlarning o‘zaro sinxron ishlashini hisoblab chiqib, tizimni moslashtirgan.

Endilikda ertalabki tig‘iz vaqtlarda «Yashil to‘lqin» shahar markazi tomon, kechki payt esa qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydi.

Ma’lum qilinishicha, svetoforlarning sinxronlashtirilishi natijasida «To‘ra Buva» masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishda harakatlanish vaqti o‘rtacha 8,5 daqiqadan 6 daqiqagacha, ya’ni 29 foizga qisqargan.

Qarama-qarshi yo‘nalishda — Salom ko‘chasidan «To‘ra Buva» masjidigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tish vaqti esa 10 daqiqadan 8 daqiqagacha, ya’ni 20 foizga kamaygan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tizim samarali ishlashi uchun haydovchilar yo‘l harakati qoidalari hamda belgilangan 40–60 km/soat tezlik me’yoriga amal qilishi lozim. Shunda chorrahalardan svetoforning qizil chirog‘ida deyarli to‘xtamasdan o‘tish mumkin bo‘ladi.

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ayni paytda aqlli svetoforlar o‘rnatilgan Toshkentning boshqa ko‘chalarida ham «Yashil to‘lqin» tizimini joriy etish bo‘yicha hisob-kitob va loyihalash ishlarini olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring