Qozog‘istonga qo‘yilgan avtobuslarning narxlari e’lon qilindi

Bugundan qo‘shni Qozog‘istonning yirik shaharlariga avtobus qatnovi tiklandi.
Transport vazirligi 12-aprel kuni «Toshkent» avtovokzalidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan xalqaro avtobus qatnovlari ro‘yxatini e’lon qilgan.
Unga ko‘ra:
12:00 | Toshkent – Chimkent chipta narxi 60 000 so‘m
16:00 | Toshkent – Olma-Ota chipta narxi 200 000 so‘m
17:00 | Toshkent – Olma-Ota chipta narxi 200 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Nur-Sulton chipta narxi 350 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Olma-Ota chipta narxi 200 000 so‘m
19:00 | Toshkent – Turkiston chipta narxi 100 000 so‘m
19:00 | Toshkent – Qizilo‘rda chipta narxi 200 000 so‘m
19:30 | Toshkent – Olma-Ota chipta narxi 200 000 so‘m.
Shuningdek, Tojikistonning Xo‘jand shahriga ham qatnov tiklangan. Ushbu shaharga avtobus soat 18:00 da yuradi, yo‘lkira esa 100 ming so‘mni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter