«Radar»dan qochgan haydovchi jarima maydoniga tushdi

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro «Tiko» rusumli avtomashinaga tegishli davlat raqam belgisini o‘ziga tegishli bo‘lgan «Matiz»ga taqib olib, radar qurilmalardan qochishga urindi.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xodimi Umid Barakayevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, «radar»dan qochgan haydovchi «jarima maydoni»ga tushgan.
Ta’kidlanishicha, haydovchi shu qonunbuzarlik holatida Buxoro viloyati avtomobil yo‘llarida harakatlangan va bir kunda jami 6 marotaba «radar»ga tushgan. Haydovchi radar qurilmalardan o‘tayotganda, o‘zining ikki barmog‘ini ko‘rsatgan va yana boshqa beo‘xshov xatti-harakatlari bilan suratga tushib qolgan. Yo‘l harakati xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan va ushbu transport vositasini boshqargan haydovchining shaxsi aniqlangan.
Surishtiruv-qidiruv ishlari natijasida mazkur transport vositasi topilib, vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan. Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter