Rashidjon Qodirovning hibsga olingani rasman tasdiqlandi
![Rashidjon Qodirovning hibsga olingani rasman tasdiqlandi](https://xabar.uz/static/crop/2/4/920__95_2483735795.jpg)
Rashidjon Qodirov Bosh prokuraturga 15 yil rahbarlik qilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sobiq bosh prokuror R.X.Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
23 fevral kuni R.X.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura saytida xabar berildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22-fevral kuni O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid:
Sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirov haqida nimalarni bilamiz?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter