Rashidjon Qodirovning hibsga olingani rasman tasdiqlandi

Rashidjon Qodirov Bosh prokuraturga 15 yil rahbarlik qilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sobiq bosh prokuror R.X.Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
23 fevral kuni R.X.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura saytida xabar berildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22-fevral kuni O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid:
Sobiq Bosh prokuror Rashidjon Qodirov haqida nimalarni bilamiz?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter