Narkologiya markazi direktori o‘zgardi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Ashurov Zarifjon Sharifovich Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Unga markaz faoliyati va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, narkologik kasalliklar sohasidagi profilaktika, diagnostika va davolash ishlarida eng ilg‘or innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta’minlash singari qator vazifalar yuklatildi.
43 yoshli tibbiyot fanlari doktori, professor Z. Ashurov ayni paytgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter