Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi huquqshunos o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Rossiyadagi huquqshunos o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Rossiyada faoliyat olib boradigan huquqshunos Zarnigor Omonullayeva ushbu mamlakatga ishlashga borgan migrantlarni ogohlantirdi.

Uning qayd etishicha, birin-ketin ochiqlanayotgan qonunlardagi o‘zgarishlarga ko‘ra, endi Rossiya fuqaroligini 1 yildan ortiq Rossiyada yollanma harbiy bo‘lib, xizmat qilganlarga berishmoqchi. Ya’ni, Rossiya idoralarining birortasi tarkibida bir yildan ortiq xizmat qilsangiz, fuqarolik taklif qilishmoqda.

Bu haqida qonun Gosdumada uch muhokamadan o‘tgan. Agar senat ma’qullab, prezident imzo qo‘ysa, qonun kuchga kiradi. Hozircha, 20.09.2022 yil holatiga ko‘ra kuchga kirgani yo‘q.

«Shu o‘rinda eslatib qo‘ymoqchiman:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari JKning 154.1-moddasiga ko‘ra, Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollangani uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bundan tashqari, yollanish uchun ham JKning 154 moddasi bor. Yollanma askar bo‘lganlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi...

Shuning uchun Saxarovoda Moskva meri tarafidan e’lon qilingan harbiy xizmatga yollanish punktlarini 700 metr naridan AYLANIB O‘TING, U YeRGA YaQINLAShMANG.

Judayam xunuk va boshqa davlatlarga nisbatan hurmatsizlik shaklida tashkil etilayotgan ushbu punkt bejizga aynan Saxarovoda yo‘lga qo‘yilmayapti. Saxarovoga oddiy migrantlar keladi. Asosan patent uchun keladi.

Hali qabul qilinmagan qonun uchun allaqachon yollanma askarlarni rasmiylashtiradigan infratuzilmani tashkil etish ochiqdan ochiq urushga targ‘ibot sanaladi», deb yozadi u.

Huquqshunosning aytishicha, fuqarolikni taklif etish, fuqarolikni berish kafolatlanadi degani emas. Xizmat qilib tirik qaytganlar fuqarolikni oladi, deb hech kim kafolat bermayapti.

«Kafolat berganda qonunga kafolatli ravishda fuqarolikni berish, deb o‘zgartirish kiritishni taklif qilar edi», deydi Zarnigor.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidentni Vladimir Putin bugun murojaat qilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring