Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ruhiy kasalxonadan qochgan bemor ayol ushlandi

Ruhiy kasalxonadan qochgan bemor ayol ushlandi

Milliy gvardiya xodimlari ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketgan ayolni ushlab, muassasaga qaytardi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 27-may kuni taxminan tongi soat 04:10 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Aqmang‘it blok postida xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari A.Rauajov va F.Xalbayev maqsadsiz yurgan ayolni to‘xtatib, bunday vaqtda nima sababdan yurganligi so‘ralganda, ayolning o‘zini tutishidan ruhan sog‘lomligiga shubha qilinadi. Zudlik bilan profilaktika inspektori chaqirilib, vaziyatga oydinlik kiritiladi.

Ayol 1982-yilda tug‘ilgan U.A. ekanligi va ko‘p yillardan beri davolanib kelayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochganligi aniqlangan. Ayol kasalxonaga olib borib joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring