Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva:«Mas’ullarni tegishli xulosa chiqarishga chaqiraman»

Saida Mirziyoyeva:«Mas’ullarni tegishli xulosa chiqarishga chaqiraman»

Foto: Saida Mirziyoyeva.

Prezident Administratsiyasi rahbari mas’ullar ishtirokida majlis o‘tkazdi. U oilaviy zo‘ravonlik, ayollar va bolalar huquqiga bag‘ishlandi

«Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatmiz. Bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlikni ham kuchaytirdik. Ammo bu bilan cheklanib qolmaslik kerak. Zo‘ravonlik holatlariga qarshi tezkor chora ko‘rishning samarali tizimini ishlab chiqish zarur», deydi Mirziyoyeva.

Prezident administratsiyasi rahbariga ko‘ra, ko‘pincha haqiqiy ahvol ko‘zga ko‘rinmaydi, ko‘p narsa yashiriladi.

«Biz hali ham statistikani oshkor qilishdan, ta’na-malomatga qolishdan, obro‘yimiz to‘kilishidan qo‘rqamiz, tanqidni qabul qilolmaymiz. Bugun mas’ul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, ularga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish, erta homiladorlik sabablari va ularning oldini olish choralari kabi dolzarb masalalarni muhokama qildik. 

Barcha mas’ul rahbarlarni bugungi suhbatdan tegishli xulosa chiqarishga chaqiraman. Zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash, ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish quruq gapda emas, amalda namoyon bo‘lishi kerak. 

Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq», deya xulosa qiladi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring