Sariosiyo tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar qildi.
Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. To‘rayev O‘ktam Ismoilovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Sariosiyo tumani hokimi lavozimidan ozod qilindi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘i Xo‘jaqulov Abdusalom Pardayevich Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter