Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sentyabr oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sentyabr oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Bu yil sentyabr oyi qanday bo‘ladi? Meteorologlar prognozni taqdim etdi

Oyning birinchi o‘n kunligida qulay harorat fonida asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 

Kechalari va erta tongda 15-20 daraja bo‘lgan haroratda tetiklantiruvchi salqinlik seziladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 35 darajagacha, ayrim kunlarda 37 darajagacha isitadi. 

Keyinchalik sentyabr oyining oxirigacha harorat kechalari 15-20 dan 8-13 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 dan 20-25 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. 

Sentyabr oyida o‘rtacha oylik harorat me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. 

 Oyning ikkinchi yarmida ayrim kunlarda (1-2 kun) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring