Sentyabrdan maktab direktori va «zamdirektor»i maoshlari oshiriladi

Joriy yil 19-martdagi «Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni bilan maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarining ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-sentyabrdan:
- umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;
- umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga;
- I va II guruhga kiruvchi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter