Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Ne’matulla Ibrohimovni mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Ne’matulla Ibrohimovni mukofotladi

Foto: Oliy Ma’had.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ibrohimov Ne’matullaga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni berildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni e’lon qilindi. 

Unga ushbu mukofot ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyatini yuksaltirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, xususan, sharqshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishidagi fundamental tadqiqotlari bilan muhim ishlanma va loyihalarni muvaffaqiyatli faoliyati hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan berildi.

Ne’matulla Ibrohimov arab manbalari bo‘yicha O‘rta Osiyo tarixini o‘rganish, arab xalq romanlari janr va uslubiy qurilishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Ne’matulla Ibrohimovning asarlari Sharq va G‘arb tillaridagi nodir manbalarning chuqur tahliliga asoslangan.

Ne’matulla Ibrohimov manbashunoslikda yangi yo‘nalishlardan biri — Sharq badiiy tafakkuri va elitar madaniyatlarning uzviy yagonaligi haqidagi konsepsiya asoslarini yaratdi.

“Arabskiy narodniy roman” (1984), “Ibn Battuta va uning O‘rta Osiyoga sayohati” (1993), “O‘rta asr arab xalq adabiyoti” (1994) “Pozdnesrednevekoviy arabskiy knijniy epos” (1994) kabi kitoblari chop etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring