Şaxsiy çegaralar va xavfli yolğizlik...
Manbalar va global trendlarni kuzatiş asnosida bir qiziq maʼlumotga duç keldim. Buyuk Britaniya dunyoda birinçi bölib 2018-yilda Boş vazir Tereza Mey taşabbusi bilan Yolğizlik masalalari böyiça vazir lavozimini joriy etgan. Öşanda mamlakatda 9 milliondan ortiq odam doimiy yolğizlikdan aziyat çekayotgani maʼlum bölgan va Yaponiyada, 2021 yil pandemiya davrida öz joniga qasd qiliş holatlari keskin ortgani sababli «Yolğizlik va ijtimoiy yakkalaniş masalalari böyiça» vazir tayinlangan. Keyinçalik, 2024-yilda Yaponiya hukumati bu borada alohida qonun ham qabul qildi, yaʼni rasman «Yolğizlik vazirlik»lari taşkil qilingan. Boşqa ğarb mamlakatlarida, xususan AQŞ, Şvetsiya, Germaniya, Norvegiya va Niderlandiya kabi davlatlarda ham alohida vazirlik oçilmagan bölsa-da, yolğizlikka qarşi kuraşiş böyiça milliy dasturlar işlab çiqilgan.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) maʼlumotlarida ham yolğizlik «milliy epidemiya» deb eʼlon qilib, uning soğliqqa zarari kuniga 15 ta sigaret çekiş bilan teng ekanini aytgan. U yurak-qon tomir kasalliklari, depressiya va erta ölim xavfini oşiradi.
Bir öylab köring-a dunyoning eng boy, texnologiyasi rivojlanib ketgan jamiyatlari endi odamlarga şunçaki bir-biri bilan gaplaşişni, hol-ahvol söraşni eslatiş uçun davlat budjetidan milliardlab dollar sarflamoqda. Parklar qurib, sunʼiy muloqot klublari oçyaptiki, nima bölsa ham yolğiz qolmanglar, muloqot qilib turinglar deb.
Xöş, bizda-çi? Kuzatuvlarimga qaraganda oxirgi paytlarda «amerikaça» individualizm şabadasi gurkirab rivojlanib ketayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda köpçilik şaxsiy çegaralarini örnatgan, «men heç kimga heç narsa qarz emasman», «özimga özim yetib ortayapman» degan fikrlar urçib ketgan.
Amaliyotçi psixolog sifatida aytadigan bölsam, albatta, buning yaxşi tomoni ham köp. Tan oliş kerakki, bizdagi anʼanaviy jamoaviylikning (mahalla, uruğ-aymoqçilik) vaqti-vaqti bilan odamni böğib qöyadigan tomonlari bor edi. «El-yurt nima deydi», «Töyimga kelmasang yuz körmas bölamiz», soatlab majburiy mehmondorçiliklar va birovning şaxsiy hayotiga söroqsiz aralaşişlar insonni hissiy toliqtirardi.
Individualizm bizga şaxsiy fazo, öz qarori uçun masʼuliyat va erkinlik berdi. Bu soğlom psixologik ösiş. Lekin masalaning boşqa, biroz xavfli tomoni ham bor. Biz köpinça Ğarbning normal madaniyatini emas, uning modaga aylangan xatolarini kör-körona köçirib olyapmiz. Hozir köpçilik soğlom psixologik çegaralarni sovuqlik va egoizm bilan adaştirib yubordi. Döstga oğir kunda qönğiroq qilişni «uni bezovta qilmaslik, resursni tejaş» deyişadigan bölişdi, qöşnining holidan xabar olişni esa «şaxsiy hududga bostirib kiriş» deb baholaşayapdi. Oqibatda nima bölyapti? Instagramda trenddagi rilslarni körib ötirgan, «men özimga özim yetaman» degan niqob ostida içi dir-dir titrab yaşayotgan, dardini aytadigan bitta ham yaqin odami qolmagan «erkin» avlod voyaga yetmoqda.
Qiziği şundaki, ğarbliklar öşa giper-individualizmning oqibatida qilgan xatosini anglab, uni tuzatiş uçun odamlarni ataylab köçaga çiqariş uçun vazirlik oçib boşladi. Biz esa ular yigirma-öttiz yillar oldin yöqotib endilikda öşa holatni yana qaytariş uçun milliardlar sarflab tiklamoqçi bölayotgan özaro boğliq bölgan iliqlikni — mehr va oqibatni «eskilik sarqiti» deb unutişga zör berayapmiz.
Taşqaridan qarasang, kulgili-a?! Işqilib ertaga özimiz ham şu ketişda «Yolğizlik vazirligi»ni oçmasak görga edi. Töğri bunaqa ijtimoiy masalalarni odatda evolyusion yöl özi hal qiladi, şunday bölsayam yozaversak, aytaversak foydadan holi bölmaydi.
Psixologiyada mustaqillik va şaxsiy çegaralar yaxşi narsa, lekin eng soğlom munosabatlar bu — özaro boğliqlik. Kimgadir mutlaqo qaram bölib yaşaş ham, «menga heç kim kerak emas» deb atrofga beton devor örab oliş ham töğri emas.
Çegaralaringizni himoya qiling, ammo qalbingizni butunlay berkitib qöymang. Döstga dardingizni aytişni saqlab qoling — unga yuk emas, bu unga bölgan işonç belgisi. Qöşnidan xabar oliş esa oddiy insoniy oqibat. Çunki kun kelib boşimizga iş tuşganda «şaxsiy çegaralarimiz» emas, aynan öz odamlarimiz bilan boğlangan köpriklar qutqarib qoladi.
Madina Miytan,
psixolog


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter