Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shoazim Minovarov Prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Shoazim Minovarov Prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Prezidentning «Sh.Sh.Minovarovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Shoazim Shoislamovich Minovarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. 

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil iyulidan prezidentning Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Qosimov shu yilning 7-may kuni vafot etgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring