Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariyadagi kurortda 40 kishi halok bo‘ldi: O‘zbekiston hamdardlik bildirdi

Shveysariyadagi kurortda 40 kishi halok bo‘ldi: O‘zbekiston hamdardlik bildirdi

Shveysariya kurortidagi klubda sodir bo‘lgan portlash va yong‘in natijasida 49 kishi halok bo‘ldi. 100 ga yaqin odam jarohat oldi, ularning ko‘plari jiddiy kuyishlar bilan kasallangan.

Blisk xabar berishicha, yong‘inga pirotexnika sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Konsert paytida ishlatilgan pirotexnika yong‘inga sabab bo‘lgani aytilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari voqea terrorizm bilan bog‘liq deb hisoblanmayotganini ta’kidladilar. 

O‘zbekiston mazkur voqeaga munosabat bildirdi.«Shveysariyaning Kran-Montana shahrida sodir bo‘lgan, o‘nlab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan fojiali yong‘in haqidagi xabarni katta qayg‘u bilan qabul qildik. 

Marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarga esa tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tilaymiz», deyiladi bayonotda. 

Mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi va Shveysariyadagi diplomatik vakolatxonalari mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Hozirgi vaqt holatiga ko‘ra, vafot etganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring