Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

SSV fuqarolarni soxta tabiblardan ogohlikka chaqirdi

SSV fuqarolarni soxta tabiblardan ogohlikka chaqirdi

Ayni paytda O‘zbekistonda 150 ta tadbirkorlik sub’yekti tegishli litsenziya asosida xalq tabobati yo‘nalishida samarali faoliyat yuritib kelyapti.

SSV yaratib berilgan ushbu imkoniyatlarga qaramay, keyingi paytlarda tegishli huquqqa ega bo‘lmasdan, ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash bilan shug‘ullanayotgan hamda bu orqali insonlar sog‘ligi va hayotiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan soxta tabiblar soni ko‘payib borayotganidan xavotir bildirmoqda.

«Eng yomoni, xastaliklardan tez, oson, asoratsiz, muhimi, tabiiy usul bilan va uy sharoitida xalos bo‘lishni istagan yurtdoshlarimiz «g‘ayritabiiy qobiliyatlarga ega»ligini iddao qilayotgan, turli yo‘llar orqali odamlar ishonchiga kirib, hech qanday tasdiqlanmagan hamda tegishli sinovlardan o‘tmagan «xizmat»larni taklif etayotgan bunday kimsalarga aldanib qolmoqda.

Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar bu kabi shubhali xizmatlarni keng targ‘ib qiluvchi platformaga aylanib borayotgani, ularning asosiy auditoriyasi ham, mijozlari ham og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz bo‘layotgani afsuslanarlidir», – deyiladi vazirlik ogohlantiruvida.

Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda soxta tabiblik bilan shug‘ullanib, o‘zini reklama qilayotgan holatlar va qo‘llanilayotgan muolaja usullari dalillarga asoslangan tibbiyotning davolash uslublariga kirmasligidan, bunday soxta usullar belgilangan diagnostika va davolash milliy klinik protokollari hamda standartlariga mutlaqo muvofiq kelmasligidan ogohlantirmoqda.

Qolaversa, yuqoridagi muolajalar bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga vazirlik tomonidan faoliyat yuritishlari uchun hech qanday litsenziya berilmagani ta’kidlanadi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda litsenziyasiz tibbiy faoliyat yuritganligi uchun 38 ta yuridik shaxsning har biri BHMning 300 baravari miqdorida, 2025-yilning 1-iyul holatiga esa 24 ta yuridik shaxs moliyaviy jarimaga tortilgan.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring