Sirdaryoda 60 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suvomborida hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qildi.
Vazirlik matbuot xizmati rahbari Samandar Hikmatullayevning aytishicha, Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridan jami 60 mingdan ziyod kishi ko‘chirilgan.
Yana 23 kishiga turli sabablarga ko‘ra, tibbiy xizmat ko‘rsatilgan, ulardan 16 nafari shifoxonalarga yotqizilgan.
Chiqqan suv Abay kanali orqali Arnasoy ko‘liga oqizilmoqda. Suv omboridan suv chiqishi to‘xtab, ayni paytda falokat joyi ta’mirlanib, mustahkamlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter