Suvni tejaydigan texnologiyalar uchun subsidiya beriladi
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlik uchun subsidiya beriladi.
Hukumat qarori (206-son, 28.04.2026-y.) bilan «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, subsidiya Davlat budjetidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnologiya turidan qat’i nazar, har bir konturga joriy qilingan texnologiya uchun faqat 1 marotaba ajratiladi.
Talabgor subsidiyani olish uchun o‘ziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan bo‘lishi lozim.
Talabgor subsidiya ajratilishi uchun Agroportal orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qiladi:
- suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha «Tomchi-reestr»ga kiritilgan quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
- loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlangani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
- ish bajarilgan konturlarning ma’lumotlari (hududi va lokatsiyasi aniq ko‘rsatiladi).
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilgan talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50 foizi oldindan to‘lab beriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter