Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Foto: Xabar.uz

Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki ta’til muddati belgilandi. 

Unga ko‘ra, qishki ta’til 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Talaba va o‘quvchilarning qishki ta’til davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. 

Shunga muvofiq, 2025 yil 18 dekabrdan 2026 yil 12 yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring