Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tez yordamga 2025 yilda 3,2 mingtadan ziyod yolg‘on chaqiriq kelib tushdi – SSV

Tez yordamga 2025 yilda 3,2 mingtadan ziyod yolg‘on chaqiriq kelib tushdi – SSV

Foto: Xabar.uz

Eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilgan.

O‘zbekistonda 2025 yilda "103" — tez tibbiy yordam xizmatiga 3244 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, yolg‘on chaqiriqlar soni 2024 yilga nisbatan 531 taga ortgan.

Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Qashqadaryo viloyatida kuzatilib, bu raqam 784 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Surxondaryo viloyati qayd etildi — 499 ta. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidan 394 ta, Samarqand viloyatidan esa 337 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.

Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi — 48 ta.

Qayd etilishicha, oxirgi 8 yil mobaynida “103” xizmati shoxobchalari soni 818 tadan 1 680 taga, tez tibbiy yordam brigadalari 1 648 tadan 2 865 taga yetkazildi. Shuningdek, elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etilishi hisobiga brigadalarning chaqiruvga yetib borish vaqti 25–30 daqiqadan 10–15 daqiqagacha qisqardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring