«Tez yordam»ga o‘tgan yili qaysi hudud aholisi eng ko‘p murojaat qilgani aytildi
2025-yilda respublika bo‘ylab «103» xizmatiga jami 14 mln 299 ming 948 ta chaqiriq kelib tushgan. Bu haqda Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G‘ofurov ma’lum qildi.
Bajarilgan chaqiruvlarning 10 mln 218 ming 037 tasi shoshilinch ko‘rsatma bilan, shuningdek, 3 mln 856 ming 901 tasi surunkali kasalliklar va 100 ming 453 tasi tug‘uruqlarni tashkil qilgan.
Eng ko‘p murojaatlar esa Toshkent shahri (1 mln 462 ming 6 ta) hamda Farg‘ona (1 mln 455 ming 255 ta), Andijon (1 mln 344 ming 151 ta), Surxondaryo (1 mln 335 ming 614 ta) va Namangan (1 mln 328 ming 391 ta) viloyatlarida qayd etilgan.
Eng kam chaqiriq Navoiy (416 ming 210 ta), Sirdaryo (456 ming 803 ta), Jizzax (561 ming 894 ta), Buxoro (678 ming 499 ta) va Xorazm (688 ming 594 ta) viloyatlarida kuzatildi.
Qayd etilishicha, oxirgi 8 yil mobaynida «103» xizmati shoxobchalari soni 818 tadan 1 680 taga, tez tibbiy yordam brigadalari 1 648 tadan 2 865 taga yetkazildi. Shuningdek, elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etilishi hisobiga brigadalarning chaqiruvga yetib borish vaqti 25–30 daqiqadan 10–15 daqiqagacha qisqardi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter