Tezkor tadbirda kadastr mutaxassisi va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga tushdi
Farg‘ona viloyatida tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi hamda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i ushlandilar.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘zbekiston tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda O‘zbekiston tumani kadastr bo‘limi mutaxassisi D.T. tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limida ishlovchi tanishi orqali fuqaro M.I.ning «Avg‘on» MFY hududidagi 31 sotix noturar yer maydonini 9 500 AQSh dollari evaziga turar joy sifatida rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i O.N. (muqaddam sudlangan) D.T.dan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Surxondaryoda yer olib berishni va’da qilgan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi va Davlat kadastrlar palatasi xodimlari qo‘lga olingandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter