Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent-Markaziy vokzali o‘z faoliyatini boshlaydi

Toshkent-Markaziy vokzali o‘z faoliyatini boshlaydi

Foto: «Xabar.uz»

16 avgust sanasidan  mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan davom ettirishingiz mumkin.

Ya’ni yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob», tezyurar «Sharq», «Nasaf», «O‘zbekiston» poyezdlari va «Toshkent — Volgograd — Toshkent» yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi.

Hozirda Toshkent-Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar 16 avgust sanasidan boshlab Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyuldan To‘qimachi bekatida modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlar Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanishi haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring