Toshkent xalqaro aeroportida cheklov joriy etildi

Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Samarqanddagi muqobil aerodromga quyidagi reyslar yo‘naltirildi:
- Silk Avia aviakompaniyasining Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha US 402;
- Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Bishkek – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY 778;
- Utair aviakompaniyasining Surgut-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha UTA-709;
- Centrum Air aviakompaniyasining Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha MFX-352.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Grozniy – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reysi Buxorodagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
Parvozlar ma’lumotlari yangilanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter