Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

Toshkentda gaz bosimi pasayishi bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi

Toshkentda gaz bosimi pasayishi bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi

Toshkent shahrida tabiiy gaz bosimining pasayishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish uchun tezkor choralar ko‘rildi. Yaqin 2–3 soat ichida gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanishi kutilmoqda.

Rasmiy axborotga ko‘ra, ayni paytda poytaxtga tabiiy gaz yetkazib beruvchi quvurlarning kirish nuqtalarida gaz bosimi oshirilgan.

«Yaqin 2–3 soat ichida gaz taqsimlash tarmoqlarida bosim bosqichma-bosqich ko‘tarilib, iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti me’yorga kelishi ta’minlanadi», – deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Shu munosabat bilan aholidan gaz jihozlarining sozligini tekshirish, ulardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish so‘ralgan.

Mas’ullar yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring