Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda IIB xodimlari yoshlarni urgani va tahqirlagani aytilmoqda

Toshkentda IIB xodimlari yoshlarni urgani va tahqirlagani aytilmoqda

Toshkentda ichki ishlar organi xodimlari bir guruh yoshlarni urgani va jinsiy tahqirlagani aytilmoqda. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari holat tekshirilayotganini ma’lum qilgan.

Nemolchi.uz kanalining yozishicha, 7 iyundan 8 iyunga o‘tar kechasi 2 nafar IIB xodimi bir xonadonga kirishgan va hujjatlarini so‘ragan. Hujjatlar ko‘rib bo‘lgach, IIB bo‘limiga olib ketishlarini aytishgan. Qiz ularga qarshilik qilgan, shuning uchun majburlab mashinaga tiqishgan.

Shu paytda IIB xodimlari yoshlarni avvaliga do‘pposlagan: burnini sindirgan, ko‘kragiga tepgan, keyin tahqirlagan. Bittasining miyasi chayqalgan va ko‘p qon yo‘qotgani aytilgan. So‘ng Mirzo Ulug‘bek tumani IIB bo‘limiga olib borishgan.

Yo‘l-yo‘lakay jabrlanuvchilar videoga olgan, ammo bo‘limda ularning telefonini tortib olishgan va barcha ma’lumotlarni o‘chirishgan. Qarshilik ko‘rsatgani uchun tayoq bilan ham kaltaklashgani aytiladi.

Ertasi kuni qizning yaqinlari bo‘limga borishgan va IIB xodimlari ustidan ariza yozib berishgan. Toshkent shahar IIBB Nemolchi.uz so‘roviga javoban xizmat tekshiruvi tayinlanganini aytgan.

Avvalroq 20 may kuni Ohangaronda YPX xodimlari jazolagan haydovchi shifoxonada vafot etgani xabar berilgandi.

Ayni shu kuni Samarqand shahrida kechasi aylanib yorgan qozoq sayyohlari ham IIB xodimlarining zo‘ravonligiga duch kelishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring