Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i pora olishda ushlandi

Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i pora olishda ushlandi

DXX, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi va Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shayxontohur tumani IIO FMB TQX Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, u tadbirkorga nisbatan qo‘zg‘atilgan firibgarlikka oid jinoyat ishini ijobiy hal qilish va restorandagi yong‘in oqibatida yuzaga kelgan holat bo‘yicha jinoyat ishini tugatib berish evaziga jami 7,5 ming dollar talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs oldindan 2,5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring