Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ota 2,4 mlrd so‘mlik alimentni to‘lab berdi

Toshkentda ota 2,4 mlrd so‘mlik alimentni to‘lab berdi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida qarzdor ota 2,4 mlrd so‘m miqdoridagi aliment pullarini oldindan to‘lab berdi.

MIB axborot xizmatining xabar berishicha, sudning buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.J. dan undiruvchi Sh.D. foydasiga voyaga yetmagan 4 nafar farzandi ta’minoti uchun ½ qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Uchtepa tuman bo‘limiga kelib tushgan bo‘lib, Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida vakolatli organlarga so‘rovnomalar yuborilgan hamda olingan javob xatlarga ko‘ra, qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklari aniqlanmagan.

O‘tkazilgan ijro harakatlar davomida, qarzdor Sh.J. voyaga yetmagan 4 nafar farzandi ta’minoti uchun to ular voyaga yetguniga qadar oldindan aliment miqdorini hisoblab berishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan.

Shunga ko‘ra, aliment miqdori qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 50 foizi miqdorida 2025-yil 1-avgustdan 2041-yil 1-aprelga qadar (16 yillik) hisoblanganda, jami 2 mlrd 442 mln 482 ming 580 so‘m etib hisob-kitob qilingan.

Olib borilgan ijro harakatlar davomida, qarzdor Sh.J. tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan summa miqdoridagi aliment puli uy ko‘rinishida undiruvchi Sh.D.ga to‘lab berildi hamda undiruvchining roziligiga asosan ijro hujjati amalda tamomlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring