Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etildi

Toshkentda Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etildi

Foto: «Immuninfo»

Hukumat qarori bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, quyidagilar Xalqaro markaz faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlaridan etib belgilandi:

  • ultrazamonaviy biologik mikrochiplarni qo‘llash orqali allergik kasalliklarni diagnostika qilish sohasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, shu kabi kasalliklarni davolash va profilaktika qilish;
  • allergik kasallik haqida jamlangan ma’lumotlar, allergen turlari, shoshilinch holatlarni rivojlanish riski to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi «allergik pasport» yaratish;
  • molekulyar allergologiya sohasida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va xorijlik ekspertlarni hamkorlikka jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Xalqaro markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markaziImmunologiya va inson genomikasi instituti va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring