Yuzlab bemorlarda qizamiq aniqlangani bo‘yicha xabarlarga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qizamiq kasalligiga gumon qilingan 290 ta holat aniqlangani va 10 ming atrofidagi muloqotda bo‘lganlar ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyatga izoh berdi.
Ayni paytda poytaxt va mamlakatimizda qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror, xavotirga hech qanday asos yo‘q.
Tarqalgan ko‘rsatkichlar 2026-yilning o‘tgan 9 oyi davomidagi jamlanma (umumiy) ma’lumot bo‘lib, ularni aynan hozirgi kundagi vaziyat deb talqin qilish noto‘g‘ri.
E’tiborlisi, qizamiq bilan kasallanish ko‘rsatkichi 2025-yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamaygan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter