Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi «Poytaxt parking» monopol tashkilot deb topildi

Toshkentdagi «Poytaxt parking» monopol tashkilot deb topildi

Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlardan so‘ng joriy yilning 22-dekabr kunidan e’tiboran «Streetpark Systems» MChJni (Poytaxt parking) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanish huquqini beruvchi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etdi.

«Raqobat to‘g‘risidagi» qonunning 18-moddasiga muvofiq ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari, shu jumladan quyidagi harakatlari taqiqlanadi:

tovarlarning muomalasi hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga va (yoki) iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan tarzda qisqartirish;

iste’molchilarning zarur hajmdagi tovarni va lozim darajadagi sifatli tovarni olishga bo‘lgan huquqlari kamsitilishiga yo‘l qo‘yish;

shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablag‘larni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish;

tovarni realizatsiya qilishda yoki olishda kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilash, shu jumladan tovardan foydalanish shartlarini majburan qabul qildirish;

shartnoma tuzishga faqat kontragent tomonidan boshqa tovarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarni o‘zga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlardan olishdan yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga realizatsiya qilishdan o‘zini tiyishi sharti bilan rozilik berish;

tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati bo‘la turib, shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etish;

tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning kirishi uchun to‘siqlar yaratish;

narxlarni davlat tomonidan tartibga solish qo‘llaniladigan tovarlar uchun belgilangan narxdan ortiq haq olish yoki narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tartibini buzish, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar yoki bepul ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan xizmatlar uchun haq olish;

boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni olishni yoki realizatsiya qilishni taqiqlash yoxud cheklash.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 17-dekabr kuni Toshkent shahri ko‘chalarining 86 ta uchastkasida pulli avtoturargohlarni tashkil etish huquqi uchun o‘tkazilgan takroriy auksion savdolarida 62,93 milliard so‘m — boshlang‘ich bahodan (57,2 mlrd so‘m) 10 foizga ko‘proq taklif qilgan «Streetpark Systems» MChJ kompaniyasi g‘olib deb topilgan edi

Ma’lumot uchun, ayni paytda Raqobat qo‘mitasi «ustun muzokara kuchiga ega» deb topgan kompaniyalar soni 68 taga yetgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring