Toshkentdan Sirdaryoga biznesini ko‘chirganlarga imtiyozlar beriladi
Toshkent shahridagi korxonasini Sirdaryoga ko‘chirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun sanoat zonasidagi yerlar soddalashtirilgan tartibda, chegirma bilan taklif etiladi.
Bu haqda Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qildi.
«Toshkent shahridagi sanoat korxonalari bosqichma-bosqich poytaxtdan tashqariga ko‘chirilmoqda.
Ularning ko‘pchiligi mehnat resursi, infratuzilmasi bor, yer-mulk solig‘i arzonroq bo‘lgan joylarni izlamoqda.
Bu borada Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasida bo‘sh turgan yerlarga poytaxtdagi mavjud quvvatlarni joylashtirish uchun juda katta imkoniyat bor», – dedi davlat rahbari.
Shu bois, Toshkent shahridagi korxonasini Sirdaryoga ko‘chirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun sanoat zonasidagi yerlar soddalashtirilgan tartibda, chegirma bilan taklif etiladi.
Ularga 10 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi. Xomashyoni temir yo‘li orqali tashishda arzonlashtirilgan tariflar qo‘llanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter