Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga «yurish qilgan»lar ma’muriy javobgarlikka tortildi

Toshkentga «yurish qilgan»lar ma’muriy javobgarlikka tortildi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Mahmud Rajabov va uning yaqinlari IIV rahbariyati bilan uchrashish uchun Toshkentga «yurish qilgani», biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan ular to‘xtatilib, hududiy bo‘limga olib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ayni jarayonlar mustaqil bloger Nafosat Ollashukurova tomonidan tarmoqda onlay yoritilib borgani esa tarmoq foydalanuvchilar o‘rtasida turli fikrlar keltirib chiqargani ham bor gap. Oradan ko‘p o‘tmay bu «yurish» haqida Xorazm viloyat ichki ishlar boshqarmasining rasmiy munosabati e’lon qilinganidan ham xabaringiz bor.

Xo‘sh, ularning taqdiri nima bo‘ldi?

Xorazmdagi manbamizga ko‘ra, o‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida fuqaro M. Rajabov va bloger N. Ollashukurova 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan. Qolganlarga esa eng kam ish haqining uch va bir barobari miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan. «Xorazmnews» axborot kanalining «yurish» ishtirokchilariga tayanib ma’lum qilishicha, ularga ichki ishlar bo‘limida jismoniy yoki ruhiy bosimlar o‘tkazilmagan. Xorazm viloyat ichki ishlar boshqarmasining boshlig‘i Davron Nazarmuhamedov Mahmud Rajabov bilan ikki soatga yaqin alohida suhbatlashgan. Suhbatdan Mahmud Rajabov qoniqish hosil qilgani aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring