Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentlik ayolning kartasidan 110 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Toshkentlik ayolning kartasidan 110 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrida yashovchi 28 yoshli ayol N.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 110 mln so‘m pul noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qildi.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi X.R. sodir etgani aniqlangan.

X.R. jabrlanuvchi N.A.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini «Click» xizmati xodimi deya tanishtirib, uning bank plastik kartasiga kiberhujum bo‘layotganligini aytib, SMS-xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritgan va 110 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘ziga o‘tkazib olgan

Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring