Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning beshta tumanida gaz o‘chadi (ro‘yxat)

Toshkentning beshta tumanida gaz o‘chadi (ro‘yxat)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 28 mart kuni Toshkent shahrining beshta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

«Hududgaz Poytaxt» matbuot xizmatining xabar berishicha, Yunusobod, Yashnobod, Olmazor va Sergeli tumanlari gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan bir qancha ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu sababli joriy yilning 28 mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Yunusobod tumani

Aholi iste’molchilari:

— «Hasanboy» MFY, Xolis, Hamkorobod, Hamkorobod tor va Hamkorobod 1-7 tor ko‘chalaridagi 400 ta uy xo‘jaliklarida;

— «Sharq haqiqati» MFY 1-tor va Hasanboy, Baraka ko‘chalaridagi 330 ta uy xo‘jaliklarida hamda hududdagi jami 34 ta ulgurji iste’molchilarida;

Yashnobod tumani

Aholi iste’molchilari:

— G‘alabaning 40 yilligi 3-4 mavzesida joylashgan 30 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 200 ta aholi xonadonlarida;

— «A.Temur» MFY hududida joylashgan 120 ta uy xo‘jaliklarida.

Ulgurji iste’molchilar:

— «JARQO‘G‘ON GAZ METAN’’ MChJ;

— «NORTH LAND STORE» MChJ;

— «MIDDLE ASIA ROTOPLAST» MChJ;

— «KARVON YOʼL» MChJ;

— «KRAFT WOOD GROUP» MChJ;

— «SEOK TEA GLOBAL» MChJ;

— «JOSPH CAPITAL» MChJ;

— «ASIA PIPEPLAST» MChJ;

— «UZCARLSBERG» MChJ;

— «SAHOVAT NON» MChJ;

— «DACROS» MChJ;

— «STEEL PROPERTY CONSTRUCTION» MChJ;

— «ORIGINAL TECHNOLOGIES» MChJ;

— «ELALOM FOOD COMPANY» MChJ;

— «RAHSHONA-H.H.’’ MChJ;

— «ARENA INT PETRO AND CHEMICALS» MChJ;

— «INTERMOBILGAZ’’ MChJ;

Olmazor tumani

Aholi iste’molchilar:

— «Qizg‘aldoq» MFY 2-9 mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 195 ta aholi xonadonlarida;

— Namunali ko‘p qavatli uylardagi 8 ta, 3-qavatli uylardagi jami 600 ta aholi xonadonlarida.

Ulgurji iste’molchilar:

— «Market» – 4 ta;

— Ofis – 5 ta.

Sergeli tumani

Aholi iste’molchilar:

— Quruvchilar mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 1 456 ta aholi xonadonlarida;

— Quruvchilar mavzesida joylashgan 12 ta uy xo‘jaliklarida.

Ulgurji iste’molchilar:

— 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi;

— 4 ta novvoyxona;

— 2 ta qahvaxona;

— 5 ta ofis.

Shuningdek, Yakkasaroy tumani hokimligi ham ertaga soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tumanda gaz ta’minotida to‘xtatilishlar bo‘lishi haqida ogohlantirgan. Ammo, aynan qaysi hududlarda gaz ta’minoti o‘chirilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring