Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning qaysi manzillarida Navro‘z sayllari nishonlanishi aytildi

Toshkentning qaysi manzillarida Navro‘z sayllari nishonlanishi aytildi

Toshkent shahar hokimligi joriy yilgi Navro‘z bayrami poytaxtning qaysi manzillarida ommaviy tadbirlar ko‘rinishida nishonlanishini ma’lum qildi.

 Asosiy bayram manzillari:

  • 21–22 mart — «O‘zbekiston ovozi» turizm ko‘chasi (Bosh manzil)
  • 21–22 mart — Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasi
  • 21–23 mart — «Navro‘z» etno bog‘i
  • 21-mart — Al-Xorazmiy turizm ko‘chasi

Shuningdek, quyidagi manzillarda ham sayillar bo‘lib o‘tadi:

  • 21-mart — Yunusobod tumani, Yunusobod Galereya majmuasi oldi
  • 21-mart — Bektemir tumani, «Coca Cola» bog‘i
  • 21-mart — Mirzo Ulug‘bek tumani, «Central Park»
  • 21-mart — Sergeli tumani, markaziy xiyobon
  • 21-mart — Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi (Beruniy metrosi yonida)
  • 21–22 mart — Shayxontohur tumani, «Anhor Lokomotiv» bog‘i
  • 21–22 mart — Shayxontohur tumani, «Tashkent City» bog‘i
  • 21-mart — Uchtepa tumani, «Seul» ekobog‘i
  • 21-mart — Chilonzor tumani, G‘ofur G‘ulom bog‘i
  • 21-mart — Yakkasaroy tumani, «Next» savdo majmuasi
  • 21-mart — Yashnobod tumani, «Ashxobod sayilgohi» bog‘i
  • 21-mart — Yangihayot tumani, «Mehrigiyo» maydoni

Manzillarda:

  • milliy taomlar va ko‘klam ne’matlarining keng namoyishi;
  • sumalak, halim, somsa va an’anaviy palov tayyorlash jarayonlari hamda ularni tatib ko‘rish imkoniyati;
  • taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari;
  • hunarmandchilik va amaliy san’at ko‘rgazmalari;
  • milliy o‘yinlar, xalq tomoshalari va qiziqarli bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring