Toshkentning yana 3 nafar mansabdori ishdan olindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i X.Mullajonov (2019-yilda ushbu lavozimda ish boshlagan, -tahr.) va Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Y.Nasimdjanovni ishdan olish, faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlashni topshirdi.
Shuningdek, Soliq qo‘mitasi raisiga Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalarining boshliqlarini ishdan olib, vazifasini bajaruvchi qilib qo‘yish topshirildi.
Qo‘mita raisi F.Po‘latov va qo‘mitaga tayinlangan komplayens bo‘yicha yangi o‘rinbosar A.Soliyevga korrupsiyaga murosasiz muhitni yaratish, Toshkent shahri soliq rahbarlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqib, ularning o‘rnini vatanparvar, yangilikka intilib ishlaydigan shijoatli yoshlar bilan to‘ldirish vazifasi qo‘yildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.G‘aniyev qo‘shtirnoq ostidagi «tadbirkor»larga soliqdan qochishda yo‘l ko‘rsatib yurgani uchun uni bugunning o‘zida ishdan olish topshirildi.
A.Soliyev va Toshkent shahar hokimiga komplayens bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlangan M.Mirhamidov poytaxtda yashirin iqtisodiyotga qarshi murosasiz muhit yaratishga mas’ul bo‘lishi belgilandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter