Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini Buxoroda kutib oldi
O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi bilan birga Buxoro shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi. Tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Bugun yetakchilar qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar. Sanoat korxonalarining faoliyati bilan ham tanishish rejalashtirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter