Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tunda yorqin chiroq nuri og‘ir kasallik xavfini oshiradi

Tunda yorqin chiroq nuri og‘ir kasallik xavfini oshiradi

Tunda chiroqning yorqin nuridan saqlanish 2-tur qandli diabet rivojlanish xavfini kamaytiradi. Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot yakunida shunday xulosaga kelindi.

Izlanish davomida mutaxassislar tomonidan 85 ming nafar ishtirokchining ma’lumotlari tahlil qilindi. Yorug‘lik sensorlari orqali qayd etib borilgan 13 million soatlik maxsus yozuvlar o‘rganildi.

Buning uchun diabetning 2-turi bilan og‘rimagan ko‘ngillilar bir hafta davomida maxsus qurilmani bilaklariga taqib yurishdi. Shundan so‘ng to‘qqiz yil davomida ularning salomatlik ko‘rsatkichlari monitoring qilib borildi.

Yakunda yorug‘lik ta’siri va 2-tur qandli diabetning rivojlanish xavfi o‘rtasida sezilarli bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi. Tunda yorqin chiroq nuri insulin sekretsiyasi va glyukoza metabolizmiga ta’sir qilishi ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqotchilarning «The Lancet Regional Health — Europe» tibbiy jurnalida e’lon qilingan xulosasiga ko‘ra, eng yuqori xavf darajasi tungi 00:30 dan tonggi 06:00 gacha kuzatiladi. Ammo kunduzgi yorug‘lik salomatlik uchun ziyon yetkazmaydi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring