Turkmaniston O‘zbekistonga kelayotgan samolyotni qaytarib yubordi
Juma kuni O‘zbekistonga uchayotgan Eron fuqarolik samolyoti Turkmaniston rasmiylari tomonidan o‘z hududi orqali uchib o‘tishga ruxsat bermagani uchun Eronga qaytishga majbur bo‘lgan.
Tehrondagi Tasnim axborot agentligi xabariga ko‘ra, Turkmaniston ruxsat bermagani uchun Zagros havo yo‘llariga qarashli samolyot O‘zbekiston poytaxti Toshkentga yo‘l olgan 170 yo‘lovchisi bilan ortga qaytishiga to‘g‘ri kelgan.
Yo‘lovchilarning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi aviakompaniyaning parvoz huquqi uchun to‘lov yo‘qligi sababini e’lon qilgan va boshqa rasmiylar buni tasdiqlashgan.
Eronning shimoli-sharqida joylashgan Mashhadga qo‘ngandan keyin yo‘lovchilar kutilmaganda yana bir muammoga duch kelishgan. Pasportlarida «chiqish» muhri bo‘lganligi sababli ular samolyotdan tusha olishmagan.
Eron hukumati va kompaniyalari uchun moliyaviy muammolarni AQShning doimiy ravishda xalqaro bank tizimi orqali Eronga valyuta ayirboshlashiga yo‘l qo‘ymaydigan sanksiyalari kuchaytirmoqda.
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2015-yilda Eron bilan imzolangan yadroviy kelishuvdan chiqib, mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazuvchi sanksiyalarni qo‘lladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter