Bugun poytaxtimizda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin
Bugun kunduzi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kechga tomon yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ertalab tuman tushishi mumkin.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4° sovuq-1° iliq bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter