«Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati» mavzusida tadbir o‘tkazildi
Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida «Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi. Bu haqda institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov xabar bermoqda.
Ana shu maqsadda TIQXMMIga O‘zbekiston Qurolli kuchlarining deyarlik barcha texnikalaridan namunalar keltirildi. Ertalabdan talaba va professor o‘qituvchilar harbiy texnikani o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, qo‘li bilan ushlash asnosida harbiy mutaxassislardan ma’lumotlar ola boshlashdi. Harbiy mashinalarni ustiga chiqib, ichiga kirib boshqarish texnologiyasi bilan qiziqdilar.
Yengil zirhlangan avtomobil o‘qotar qurollar, mina fugasi va boshqa qo‘l kuzatib borish patrullik xizmatini olib borish, shaxsiy tarkibni tashish va boshqa jangovar maxsus vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan 15 tonna og‘irlikdagi, uzunligi 6370mm, balandligi 2843mm bo‘lgan TAYFUN K - 53949 kabi qurollar ham namoyish etildi. Hamma turdagi yo‘llarda va yo‘lsiz joylarda yuklarni tashish va pritseplarni tortishga mo‘ljallangan, avtomobil platformasi odamlarni tashishga ham moslashtirilgan bo‘lib u hamma iqlim sharoitida, jumladan, tropik iqlimlarda, yilning har qanday sharoitida -40dan +55 S haroratda foydalanishga yaroqli bo‘lgan KAMAZ-43118 avtomobili g‘ildirakli, suzadigan VTR-80 zirhli transportyori kuzatuvchilarda katta taassurot qoldirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Milliy gvardiya tizimidagi xizmat xodimlarining jangovar tayyorgarlik mashqlari namoyish etildi.
Tushdan keyin tadbirning ikkinchi, badiiy qismi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qismni institut rektori O‘ktam Umurzakov tabrik nutqi bilan ochib berdi. So‘ngra bir guruh faxriylar va harbiy kafedra o‘qituvchilari institut rektorining maxsus farmoyishiga muvofiq esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter