Viloyatliklarni kamsitgan blogerga jazo tayinlandi
Bloger Bekzod Mahamedbekov 6,8 million so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda Ezgulik jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov xabar berdi.
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudi Bekoff taxallusi bilan tanilgan bloger B. Mahamadbekovga MJtKning 41-moddasi asosida BHMning 20 baravari miqdorida jarima soldi.
Bloger ijtimoiy tarmoqlarda mahalliychilik qilib, viloyatlardan poytaxtga kelib yashayotganlarni haqorat qilgan. U viloyatliklarga o‘z joylariga qaytib ketishni maslahat bergan, viloyatdan kelgan hamkasblarini «asfalt ko‘rmaganlar» deya kamsitgan.
Blogerning bunday xatti-harakatlari qayta takrorlangan taqdirda u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin, deyiladi xabarda.
Avvalroq jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi hukmi bilan bloger Otabek Ahliddinov 7,1 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter