Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Xorazm viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Duschanov Alisher Sherzod o‘g‘li – Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Alisher Duschanov tayinlovga qadar O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq Anvar Davletov Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter